Administrator paneli
Masalliq va yarim tayyor mahsulotlar
Masalliqlar — taom tarkibini tashkil etuvchi mahsulotlar. Bu yerda masalliqlar, yarim tayyor mahsulotlar va ularning tex.kartalari boshqariladi.
Masalliq qo‘shish
- 1«Menyu» → «Masalliqlar» bo‘limiga o‘ting va «+ Masalliq qo‘shish» tugmasini bosing.
- 2Ma’lumotlarni ikki bo‘limda to‘ldiring: «Asosiy ma’lumot» va «Stok».
- 3Qo‘shilgan masalliqlar umumiy oynada ko‘rinadi.
- 4Amal bajarish uchun «Amallar» ustunidagi uch nuqtani bosing.




Masalliq bilan amallar
- Tahrirlash — masalliq ma’lumotlarini o‘zgartirish
- Qayerda ishlatilyapti — qaysi taomlarda qo‘llanilishini ko‘rsatish
- Qoldiqlarni to‘g‘irlash — ombor qoldiqlarini o‘zgartirish
- O‘chirish — tizimdan o‘chirish

Kategoriyalar
Kategoriyalar masalliqlarni guruhlash uchun kerak. «Menyu» → «Masalliqlar» → «Kategoriya» orqali qo‘shiladi.

Yarim tayyor mahsulot qo‘shish
- 1Yarim tayyor mahsulotlar — masalliqlardan tashkil topgan, oldindan tayyorlanadigan zagotovkalar.
- 2«Menyu» → «Yarim tayyor mahsulotlar» bo‘limiga o‘ting va «+ YT qo‘shish» tugmasini bosing.
- 3«Asosiy ma’lumot» va «Tex.karta»ni to‘ldiring.
- 4Tex.kartada qidiruv orqali masalliqlarni qo‘shing va brutto/netto kiriting — tizim tannarxni hisoblaydi.



Yarim tayyor mahsulot bilan amallar
- Tahrirlash — ma’lumotlarni o‘zgartirish
- Qayerda ishlatilyapti — qo‘llanilishini ko‘rsatish
- Tarkibi — yarim tayyor mahsulot tarkibi
- O‘chirish — tizimdan o‘chirish
