POS-tizimda ishlash
Buyurtmalar bilan ishlash
«Buyurtmalar» — sotuvlarni o‘tkazish uchun asosiy bo‘lim. Bu yerda kassir ovqat buyurtmalarini qabul qiladi, cheklar rasmiylashtiradi va to‘lovlarni qabul qiladi.
Buyurtma qo‘shish
- 1«Buyurtmalar» → «+ Buyurtma qo‘shish» tugmasini bosing.
- 2Zal va stolni tanlang. Filtrni (strelka bilan belgilangan) yoqsangiz, faqat bo‘sh stollar ko‘rsatiladi.
- 3Yaratilgan buyurtmalar «Buyurtmalar» bo‘limida statusiga qarab tegishli bo‘limlarga taqsimlanadi.



Buyurtma statuslari
- Yaratilgan
- Jarayonda
- Yakunlangan
- Bekor qilingan

Buyurtmani bekor qilish
Bekor qilingan buyurtmalar umumiy jurnalda ko‘rinmaydi — ular «Buyurtmalar tarixi» bo‘limida saqlanadi. Bekor qilishning ikki usuli bor:

- Buyurtmani to‘liq bekor qilish — butun buyurtma bekor qilinadi.
- Alohida taomni bekor qilish — faqat tanlangan pozitsiya bekor qilinadi (yangi buyurtmada — o‘chiriladi).




Buyurtmaga to‘lov
- 1«Buyurtmalar» bo‘limiga o‘ting.
- 2Kerakli buyurtmani tanlang.
- 3«To‘lash» tugmasini bosing.
- 4Keyin to‘lov POS-kassadagi kabi standart tartibda amalga oshiriladi.

