Administrator paneli

Bo‘linmalar

Bo‘linma (tsex) — taomlar tayyorlanadigan joy, masalan «Oshxona» yoki «Bar». Har bir bo‘linmaga ombor va termo-printer biriktiriladi.

Har bir bo‘linmaga o‘z ombori biriktiriladi — masalliqlar aynan shu ombordan hisobdan chiqariladi. Bitta omborga bir nechta bo‘linma biriktirilishi mumkin.

Bo‘linma qo‘shish

  1. 1«Restoran» → «Bo‘linma» bo‘limiga o‘ting va «+ Bo‘linma qo‘shish» tugmasini bosing.
  2. 2Bo‘linma ma’lumotlarini kiriting: nomi, ombori va printeri.
  3. 3Zarur bo‘lsa «Begunok chop etish»ni yoqing va saqlang.
  4. 4Qo‘shilgan bo‘linmalar asosiy oynada ombor, printer va begunok statusi bilan ko‘rinadi.

Begunok chop etish

Buyurtma qabul qilinganda begunok-chek chop etiladi — bo‘linmaga buyurtma tushgani haqidagi bildirishnoma.

O‘zgartirish va o‘chirish

  1. 1Bo‘linmani o‘zgartirish uchun «O‘zgartirish» belgisini bosing, parametrlarni o‘zgartiring va saqlang.
  2. 2Bo‘linmani o‘chirish uchun «Savatcha» belgisini bosing.